Bilim · Hamjamiyat · Imkoniyat

UzTech UK - O'zbek IT Hamjamiyati

UK'da yashayotgan o'zbek IT'chilar bir-birini topadigan, birga o'rganadigan va loyihalar qiladigan joy.

Biz haqimizda

Birga — kuchliroq.

Bir narsaga ishonamiz: birga turganimiz bizni kuchaytiradi. UK'da yashayotgan o'zbeklarni bir-biriga bog'laymiz, birga o'rganamiz va birga loyihalar yaratamiz.

  • Shaxsiy o'sish

    A'zolarimiz UK-da yashash davrida shaxsiy va kasbiy ko'nikmalarini oshiradi — O'zbekistonga qaytsa, noldan emas, yangi darajadan boshlaydi.

  • Birgalikdagi bilim

    Har bir a'zo o'z sohasi bo'yicha boshqalarga o'rgatadi. Stack, kasb yoki tajriba — almashish bizning odatimiz.

  • Loyihalar va aloqalar

    Tanishuv — loyihaning boshlanishi. UK kompaniyalari uchun mahalliy, O'zbekiston bozori uchun esa Yevropa darajasidagi yechimlar yaratamiz.

Yo'nalishlar

Nimalar bilan shug'ullanamiz?

Faqat tech bilan cheklanmaymiz — karyera, ta'lim, sayohat va ko'p boshqa yo'nalishlarda ish olib boramiz.

Karyera

Uchrashuvlar, AI va dasturlash bo'yicha ma'ruzalar, sohada o'sish.

Davra

Hayotning ishdan tashqari qismini ham birga o'tkazamiz.

Sayohatlar

Kompaniyalarga tashrif, Oksford va Kembrijga sayohatlar, muzey ekskursiyalari.

Ta'lim

PM, AI va dasturlash kurslari — birga o'rganamiz.

Loyihalar

Hamjamiyat loyihalari va yangi g'oyalar — birga quramiz.

Agentlik

Veb-saytlar yaratamiz, IT yechimlar va biznes uchun MVP quramiz.

Tadbirlar

Bu yil shu vaqtgacha.

Muntazam tarzda tadbirlar o'tkazamiz — uchrashuvlar, sayohatlar va onlayn kurslar. Quyida — eng qiziqarlilari.

Davra · Hamjamiyat
03IYL 2026
Davra

Yillik hamjamiyat uchrashuvi

UzTech UK · London

Sayohat · Oxford
27IYN 2026
Sayohat

Oxford safari

Oxford · Tarixiy kollejlar va Harry Potter maskanlari

Ta'lim · AI
15MAY 2026
Ta'lim

IDE'da AI'dan samarali foydalanish

Saidolim Djuraev · London + Onlayn

Davra · Sport
26APR 2026
Davra

Markaziy Osiyo Futbol Turniri

WAYU, Gashtak, Hassakashlar bilan birga

Karyera · Viza
27MAR 2026
Karyera

UK Global Talent vizasi

Sam Boboev · UK karyera yo'li

Sayohat · Google
09AVG 2025
Sayohat

Google offisiga tashrif

Google London

Yana 11 ta tadbirni ko'rish
  • 20 Apr Bloomberg ofisiga tashrif Sayohat
  • 19 Apr Futbol turniriga tayyorgarlik o'yini Davra
  • 17 Apr Kompyuter xotirasining fizikasi va ishlash logikasi Karyera
  • 15 Apr AI yordamida kod yozish Ta'lim
  • 10 Apr To'g'ri prompt yozish Ta'lim
  • 03 Apr ChatGPT, Gemini va boshqa AI tool'lar bilan tanishish Ta'lim
  • 13 Mar Iftorlik uchrashuvi Davra
  • 07 Fev Fan muzeyiga tashrif Sayohat
  • 06 Fev Jamoada Ishlash: Taqvim, Uchrashuv Ta'lim
  • 23 Yan Buyuk Britaniyadagi Graduate dasturlar Karyera
  • 09 Yan Dasturiy ta'minot ishlab chiqarishda talablarni yig'ish Ta'lim
Maqsad va kelajak

Bizning yo'l xaritamiz.

Oltita maqsadimiz

  • 01UK-da yashayotgan o'zbeklarning soft-skillini rivojlantirish.
  • 02A'zolarimiz O'zbekistonga qaytganda noldan emas, bir pog'ona yuqoridan boshlashiga yordam berish.
  • 03UK kompaniyalari uchun ishonchli kadrlar manbai bo'lish.
  • 04UK-da networking va loyihalar orqali real qiymat yaratish.
  • 05AI, tech va boshqa sohalarda ta'limni o'zbek tilida taklif qilish.
  • 06Bilim almashishni hamjamiyat madaniyatiga aylantirish.
Katta rejamiz

O'zbek IT iste'dodini global tech sahnasiga olib chiqish.

  • A'zolar bilan birgalikda real loyihalar yaratamiz.
  • O'zbekiston dasturchilari uchun Yevropa loyihalarini ochamiz.
  • Ochiq kod hissasi va o'zbek tilidagi tarkib markaziga aylanamiz.
  • StackOverflow uslubidagi savol-javob madaniyatini quramiz.
Platformalar

Bizni qayerda topishingiz mumkin.

Tadbirlarimiz asosan offline o'tadi, online uchrashuvlar va kunlik aloqalar — Telegramda.

Hamkorlik

Eshigimiz ochiq.

Biz boshqa hamjamiyatlar bilan kross-hamkorlikka tayyormiz — WAYU, Gashtak, Hassakashlar va UCAN bilan birgalikdagi tadbirlar bu siyosatning isboti.

Hamkorlik qilaylik
Ko'prik

UK ↔ O'zbekiston.

Biz Yevropa bozoridagi loyihalarni O'zbekiston dasturchilariga olib boramiz va o'zbek mutaxassislarini UK kompaniyalariga tavsiya qilamiz. Loyiha topishdan iste'dod tanlashgacha — ikki tomonni bog'laymiz.

Loyiha taklif qiling

Hamjamiyatga qo'shilish

Bitta hamjamiyat, cheksiz imkoniyat.

Hamjamiyatga qo'shilib, kasbiy o'sishingiz uchun yangi imkoniyatlarni qo'lga kiriting.